“Tuxum barak” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan nomoddiy madaniy merosimiz hisoblangan “Tuxum barak” milliy taomi viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslangani bilan ajralib turadi. 

“Tuxum barak” asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi. 
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 27-uy

+998 (62) 223-20-16
info@xorazm-madaniyat.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat qoldirish

Ommabop xabarlar