Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida "Iste’dodlar kamalagi" va "Eng yaxshi kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi


Kuni kecha Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan sohaga xususiy sektorlarni jalb qilgan holda imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida "Iste’dodlar kamalagi" va "Eng yaxshi kitobxon" respublika ko‘rik-tanlovi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori badiiy saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.
 Ushbu tanlovda 10 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan 30 nafardan ziyod iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
  Tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar asosida aniqlandi va diplom, qimmatbaho sovg‘alar hamda "o‘n million so‘m" miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi:
 “Eng yaxshi estrada xonandaligi” nominatsiyasi g‘olibi - Aminboyev Qodirbergan;
 “Eng yaxshi an’anaviy xonandalik” nominatsiyasi g‘olibi - Ergasheva Fotima;
 “Eng yaxshi opera ijrochisi” nominatsiyasi g‘olibi - Nurullayev Ramziddin;
“Eng yaxshi xalq cholg‘u ijrochisi” nominatsiyasi g‘olibi - Yo‘ldoshov Shavkat;
“Eng yaxshi tasviriy san’at asari” nominatsiyasi g‘olibi - Nadirshanova Xadicha;
 “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi g‘olibi - Davronova Dilobar;
“Eng yaxshi haykaltarosh” nominatsiyasi g‘olibi - Rajabova Nasiba.

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 27-uy

+998 (62) 223-20-16
info@xorazm-madaniyat.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat qoldirish

Ommabop xabarlar