Xorazmda press-tur tashkil etildi.


Xorazmda press-tur tashkil etildi. 

Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 2-oktabr kuni Xiva shahrida press-tur tashkil etildi.

Press-turda viloyatdagi 30dan ziyod jurnalist va blogerlar, shuningdek madaniyat tashkilotlarining matbuot sohasiga masʼul xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirning asosiy maqsadi viloyatda amalga oshirilayotgan madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar, loyihalar hamda muassasalar faoliyati bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Press-tur doirasida ishtirokchilari Xiva shahridagi "Ichan-qalʼa" tarixiy majmuasi, yangi barpo etilayotgan madaniyat markazi, 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat markazi hamda viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosiga tashrif buyurib, ijodiy jarayonlar bilan tanishdilar. 

Press-tur davomida: 
✅ sayyohlar uchun mavsumiy tashkil etilayotgan “Har kuni bir tadbir” loyihasi; 
✅ "Ko‘cha sanʼati" loyasi; 
✅ "Qo‘g‘irchoqlar o‘yini; sahna ko‘rinishlari; 
✅ “Xon qabuli” spektakli; 
✅ folklor jamoalarining xalq ijodi namunalari; 
✅ milliy qo‘shiqchilik va raqs sanʼati namoyishlari; 
✅ "Xorazm xonlari" taomlar ko‘rgazmasi; 
✅ milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari; 
✅ "Xorazm nonlari"ni yopish marosimi; 
✅ gilam tayyorlash jarayonlari va ko‘rgazmasi; 
✅ rassomchilik ko‘rgazmasi; 
✅ qo‘g‘irchoq yasash jarayoni va ko‘rgazmasi; 
✅ "Besh tashabbus" loyihasidan namunalar; 
✅ mahorat saboqlari kabi loyihalar namoyish etildi.

Press-tur davomida jurnalistlar, blogerlar hamda sohadagi matbuotga masʼul xodimlarga viloyatda madaniyat va san’at sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, loyihalar hamda ijodiy tashabbuslar tanishtirilib, kelgusida doimiy ravishda hamkorlikda faoliyat yuritish imkonini berdi.

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 27-uy

+998 (62) 223-20-16
info@xorazm-madaniyat.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat qoldirish

Ommabop xabarlar