








Urganch shahridagi “Avesto” bog‘ majmuasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanada so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov voha ahlini qutlug‘ bayram bilan tabriklab, o‘tgan davr mobaynida viloyatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtaldi, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini, uning samaralarini faxr bilan tilga oldi. Poytaxtimizdan tashrif buyurgan va viloyatimiz san’at ustalari ijrosidagi bayram dasturida ozod va obod yurtimiz, uning tolei baland mehnatkash xalqi , bugungi dorilamon kunlarga shukronalik avj pardalarda tarannum etildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 27-uy
+998 (62) 223-20-16
info@xorazm-madaniyat.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
| Website | License Status | Features | Action |
|---|