Xorazmda madaniyat va san’at sohalariga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi


Xorazmda madaniyat va san’at sohalariga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi

Joriy yilning 2-oktabr kuni, Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan soha vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy "Press-tur" tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi viloyatda amalga oshirilayotgan madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar, loyihalar hamda muassasalar faoliyati bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar, eng avvalo, Ichan qal’a majmuasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan “Har kuni bir tadbir” loyihasi bilan tanishdilar. Shuningdek, qadimiy shaharda joriy qilingan “Ko‘cha san’ati” loyihasi bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir davomida “Xon qabuli” spektakli ham namoyish etildi. Mazkur tashabbuslar mahalliy aholiga hamda xorijiy sayyohlarga yangi madaniy muhit yaratish, san’atning turli yo‘nalishlarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Shundan so‘ng ishtirokchilar — viloyat qo‘g‘irchoq teatrida  bo‘ldi. Mehmonlarga teatrning yangi binosi, sahna imkoniyatlari hamda jamoaning ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Press-turning navbatdagi manzili—Xiva shahridagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar hamda maktabning yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.


Mazkur tadbir davomida tashkil etilgan ekskursiya va uchrashuvlar jurnalistlar, blogerlar hamda soha vakillariga madaniyat va san’at sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, innovatsion loyihalar hamda ijodiy tashabbuslarni yoritish imkonini berdi.

Press-tur yakunida ta’kidlanganidek, bunday tashabbuslar jamoatchilikni soha yangiliklaridan xabardor qilish, madaniyat maskanlarining faoliyatini ommalashtirish va yoshlar ongida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko'chasi, 27-uy

+998 (62) 223-20-16
info@xorazm-madaniyat.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Murojaat qoldirish

Ommabop xabarlar